10 - Dars: Oson bichimli tunika bichib tikish.

| 07 Iyun 2020 11:49 | Zarina Jurayeva | Darslar

Bugungi darsda juda oddiy ammo yoz mavsumi uchun ayni muddao bo'lgan bir bichimni siz bilan bo'lishmoqchiman. Juda oddiy va juda qulay kiyimni bichish va tikishni o'rganamiz. Bu kiyimni bichib tikishimiz uchun hatto overlok ham kerak emas.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.


Kerakli o'lchamlar atigi 2 dona!
Old belgacha uzunlik - 40 cm
Bo'ksa aylanasi - 110 cm
Formula: (Bo'ksa aylanasi+4[e.h.] yoki 6[e.h.]cm) : 4 = Bo'ksa hisobi
Bizning holatda: (110+4[e.h.]) : 4 = 28.5 cm
Bo'ksa hisobi = 28,5 cm yaxlitlab 29 cm deb olsak ham bo'ladi.

Matodan kerakli bichimni bichib olamiz.

yozgi kiyim fasoni


Demak bichishni boshladik!!!
yozgi kiyim fasoni

Tikish jarajonini bosqichma bosqich o'rganamiz:

yozgi kiyim fasoni

Matodan kerakli bichimni bichib olamiz.
Tayyor qiya beykani yoqaga avval qo'lda tikiladi va keyin mashina chokida chiroyli qilib tikiladi.

yozgi kiyim fasoni

Qiya beykani chiroyli qilib orqa va old yoqaga alohida alohida berib olinadi.
Yelka choklarini ag'darma chokda ozoda qilib tikamiz.

tunika tikish

Kiyimning chekkalari buklab tikib chiqiladi.
Yon choki tikib olinadi
Bel qismidan belbog' o'tishi uchun petlya ochiladi.
tunika tikish


Belbog' ham rasmda ko'rsatilgani kabi tikib olinadi.

Qarabsizki tunikamiz tayyor!!!

Bu kabi libosni uyda, hovlida kiyib yurish juda qulay, tikish esa juda oson! Umid qilamanki albatta tikib ko'rasiz!

9_1591511270.jpg