12 - Dars: Zapax koketkali ko'ylak bichishni o'rganish.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Bugungi mavzu: Ko'krak osti kesimli zapaxli koketka bichishni o'rganish. Modellashtirishni oddiy detallardan boshlab sizga tushuntirmoqchiman. Bu fason uchun kerak bo'ladigan qo'shimcha o'lcham bu: Ko'krak ostigacha bo'lgan uzunlik. Qanday o'lchashni quyidagi rasm orqali tushuntirishga harakat qildim.

Bu yerda andoza tayyorlash va uni modellashtirish tushuntirilgan bu ishlarni millimetrovka qog'ozda chizib olib, keyin matoga bichasiz.

Koketka andozasi qirqib olinadi va ko'krak vitachkasi yopib olinadi. Ko'krak vitachkasini yopish degani bu - tasavvur qilamiz qog'oz bu mato va biz shu matodagi vitachkani tikib qo'yishimiz kerak.
Mana quyidagi rasmda ko'rib turganingizdek vitachkani go'yoki "tikib" yopib qo'ydik. Siz katta andozada bu ishni oddiy yelim yoki bulavka yordamida qilishingiz mumkin.

O'sha yopgan vitachkamizni ko'krak ostidadagi vitachka bilan birlashtirish maqsadida shu vitachka ustidan qirqim berib vitachkani ko'krak ostiga ko'chiramiz.
Vitachka kattalashib mana shu suratdagi kabi kattalashib ko'krak ostiga ko'chadi.

Mana andozani tayyorladik. Endi bemalol uni matoga joylashtirib bichishni boshlasak ham bo'ladi!
Andoza matoga mana shunday joylanadi. Bekorga har bir andozada kiyim o'rtasini alohida belgilamayapman, chunki kiyim o'rtasini belgilash va libos tayyor bo'lgunga qadar ko'zdan qochirmaslik juda muhim hisoblanadi. Bichayotganda kiyim o'rtasi asosiy ip yo'liga parallel qo'yib bichilsa, libos bexato bichiladi.
Koketka 2 ta detall bichiladi ya'ni o'ng tomon va chap tomon. Ikkala tomon koketka bo'laklarini ham ustma ust qo'yib to'g'ri tikishda kiyim o'rtasi bizga ko'makchi bo'ladi.
Bu fason homilador ayollar uchun ham juda mos tushadi, shuning uchun etak qismining 2 xil bichimini sizga taqdim qilmoqchiman.
1-Bichim oddiy klyosh etak.
2-Bichim burmali kyosh etak.
Agarda sizga klyosh etakli emas, oddiy tanaga yopishib turadigan ko'ylak yoqsa ko'krak kesimidan pastki qismni modellashtirmasdan vitachkalarini berib oddiy tikib qo'ysangiz ham bo'ladi.

Oddiy klyosh etakni bichishda tayyolagan andozamizdan kesib olingan etak qismini suratda ko'rsatilgani kabi matoga joylashtirib bichiladi.
Burmali klyosh etakni bichishda buklov tomondan 10-15 cm qo'shimcha tashlab bichiladi, bu burmaga tortish uchun bizga kerak bo'ladi.
Orqa bo'lakning bichilishini alohida ko'rsatishga hojat yo'q deb o'ylayman, etak xuddi old bo'lakning etagi kabi modellashtirib bichiladi, koketkasi esa oddiy bichiladi. Orqa bo'lak koketkadagi vitachkalari o'z o'rnida qoladi.


