13 - Dars: Yeng o'mizida turadigan volan yeng hamda qanotcha (krilishka) yeng bichishni o'rganish.

| 07 Iyun 2020 16:48 | Zarina Jurayeva | Darslar

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!

8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

Volan yengni bichish uchun yeng o'mizi uzunligini yaxshilab o'lchab olishimiz kerak.

Qanday o'lchash rasmlar yordamida ko'rsatib o'tilgan.
So'ngra o'sha o'lcham asosida formula chiqadi.
Klyosh etakni bichish


Formula: (A÷B + D÷C) : 6,28 = Radius
Volan yeng bichish
A÷B = A÷C = A÷D = Radius
C, B, D, Chiziqlar yotgan nuqtalar yeng o'miziga ulanadigan qismi.
C÷F = B÷H = D÷G = Volan yeng uzunligi.
D÷J = Volan yeng uzunligining 1/2 qismi.
C÷F = D÷G = Buklov
C÷F = Yengning yelkada turadigan qismi.
D÷J÷G = Yengning pastgi qismi.
2 xil volan yeng tasvirlangan.

Pastki qismini shtrix chiziqlar bo'ylab toraytirib bichsangiz,pasti ingichkalashgan volanli yengni bichishingiz mumkin. Agarda toraytirmasangiz bir xil kenglikdagi volan yeng bichasiz.

Volan yeng bichish

yozga kiyishga ko'ylak

Quyida berilgan rasm orqali qanotcha ya'ni krilishka yeng bichishni o'rganib olishingiz mumkin. Krilishka yeng qiya ip yo'nalishi bo'ylab bichilsa chiroyli chiqdi.

Krilishka yeng bichish