14 - Dars: Yubka bichishni o'rganish.
Yubkalar bo'limini boshlaymiz. Bugungi mavzuimiz to'g'ri bichimli, hamda, ryumka bichimli yubka bichishni o'rganish.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Kerakli O'lchamlar:
Bel aylanasi - 72 cm
Bo'ksa aylanasi - 98 cm
Beldan bo'ksagacha uzunlik - 20 cm
Kiyim uzunligi - 70 cm
Kiyim hisobini chiqarish formulasi.
(Bel aylanasi:4)+3cm[v.h.]+1 cm [ch.h.] = Bel hisobi;
(Bo'ksa aylanasi+4cm[e.h.]):4+1 cm[ch.h.] = Bo'ksa hisobi;
Beldan bo'ksagacha uzunlik+ 1cm [ch.h.] = Bo'ksa balandligi hisobi;
Kiyim uzunligi+1 cm[ch.h.]+4 cm [ch.h.] = Kiyim uzunligi hisobi.
O'z o'lchamlarimizni hisobga qo'yib olamiz.
(72:4)+3cm[v.h.]+1 cm [ch.h.]= Bel hisobi = 22 cm;
(98+4cm[e.h.]):4+1 cm[ch.h.]= Bo'ksa hisobi = 26,5 cm;
20+ 1cm [ch.h.] = Bo'ksa balandligi hisobi = 21 cm
70+1 cm[ch.h.]+4 cm [ch.h.] = Kiyim uzunligi hisobi = 75 cm
Hisob ishini yakunlab oldik, endi navbat bichishga!

A÷B= Kiyim uzunligi hisobi
A÷C= Bo'ksa hisobi · 2
B÷D÷C= Nuqtalar burchak hosil qiladi.
A÷E= Bo'ksa balandligi hisobi
E÷F÷C= Nuqtalar burchak hosil qiladi.
A÷J= Bel hisobi
C÷H= Bel hisobi
C÷I= 2,5 - 3 cm - old bo'lak uchun
A÷G= 0,7 - 1 cm - orqa bo'lak uchun.
I÷K= 8-9 cm
K÷L= 10-11 cm, old vitachka kenglik 2 cm
G÷M= 9-10 cm
M÷N= 8-9 cm, orqa vitachka kenglik 4cm
B÷D= teng 2 ga bo'lib O nuqta qo'yiladi
E÷F= teng 2 ga bo'lib P nuqta qo'yiladi
P va O nuqtalar tutashadi- bu to'g'ri bichimli yubka.
Ryumka bichimli yubka bichish uchun etak yon tomonlari 3 cm dan qisqartiriladi:
O÷Q = 3 cm
O÷R = 3 cm