15 - Dars: Klinli yubka bichishni o'rganish.

| 07 Iyun 2020 18:16 | Zarina Jurayeva | Darslar

Bugungi darsda 6, 8, 10 klinli yubkalarni bichishni o'rganamiz, shuningdek klinli gode yubka bichilishini ham tushuntirib o'taman.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Kerakli o'lchamlar:
Bel aylanasi - 72 cm
Bo'ksa aylanasi - 98 cm
Beldan bo'ksagacha uzunlik - 20 cm
Kiyim uzunligi - 80 cm
Qo'shimcha o'lcham:
Gode kengayish nuqtasigacha uzunlik - 40 cm
Yubka fasonlari
Kiyim hisobini chiqarish formulasi:
6 klinli yubka uchun:
(Bel aylanasi : 6)+ 2cm[ch.h.]= Bel hisobi
(Bo'ksa aylanasi+4cm [e.h.]) : 6 +2cm[ch.h.] = Bo'ksa hisobi
Beldan bo'ksagacha uzunlik + 1cm[ch.h.] = Bo'ksa balandligi hisobi
Gode kengayish nuqtasigacha uzunlik + 1cm[ch.h.] = Gode balandligi hisobi
Kiyim uzunligi + 1cm[bel qismi uchun ch.h.] + 3cm[etak uchun ch.h.] = Kiyim uzunligi hisobi.
8 klinli yubka uchun:
(Bel aylanasi : 8)+ 2cm[ch.h.]= Bel hisobi
(Bo'ksa aylanasi+4cm [e.h.]) : 8 +2cm[ch.h.] = Bo'ksa hisobi
Beldan bo'ksagacha uzunlik + 1cm[ch.h.] = Bo'ksa balandligi hisobi
Gode kengayish nuqtasigacha uzunlik + 1cm[ch.h.] = Gode balandligi hisobi
Kiyim uzunligi + 1cm[bel qismi uchun ch.h.] + 3cm[etak uchun ch.h.] = Kiyim uzunligi hisobi.
10 klinli yubka uchun:
(Bel aylanasi : 10)+ 2cm[ch.h.]= Bel hisobi
(Bo'ksa aylanasi+4cm [e.h.]) : 10 +2cm[ch.h.] = Bo'ksa hisobi
Beldan bo'ksagacha uzunlik + 1cm[ch.h.] = Bo'ksa balandligi hisobi
Gode kengayish nuqtasigacha uzunlik + 1cm[ch.h.] = Gode balandligi hisobi
Kiyim uzunligi + 1cm[bel qismi uchun ch.h.] + 3cm[etak uchun ch.h.] = Kiyim uzunligi hisobi

O'lchamlarimizni formulaga qo'yamiz.
6 klinli yubka uchun:
(72 : 6)+ 2cm[ch.h.]= Bel hisobi = 14cm
(98+4cm [e.h.]) : 6 +2cm[ch.h.] = Bo'ksa hisobi = 19cm
20 + 1cm[ch.h.] = Bo'ksa balandligi hisobi = 21 cm
40 + 1cm[ch.h.] = Gode balandligi hisobi = 41 cm
80 + 1cm[bel qismi uchun ch.h.] + 3cm[etak uchun ch.h.] = Kiyim uzunligi hisobi = 84cm
8 klinli yubka uchun:
(72 : 8)+ 2cm[ch.h.]= Bel hisobi = 11cm
(98+4cm [e.h.]) : 8 +2cm[ch.h.] = Bo'ksa hisobi = 14,75cm
20 + 1cm[ch.h.] = Bo'ksa balandligi hisobi = 21cm
40 + 1cm[ch.h.] = Gode balandligi hisobi = 41 cm
80 + 1cm[bel qismi uchun ch.h.] + 3cm[etak uchun ch.h.] = Kiyim uzunligi hisobi = 84cm
10 klinli yubka uchun:
(72 : 10)+ 2cm[ch.h.]= Bel hisobi = 9,2cm
(98+4cm [e.h.]) : 10 +2cm[ch.h.] = Bo'ksa hisobi = 12,2cm
20 + 1cm[ch.h.] = Bo'ksa balandligi hisobi = 21 cm
40 + 1cm[ch.h.] = Gode balandligi hisobi = 41 cm

80 + 1cm[bel qismi uchun ch.h.] + 3cm[etak uchun ch.h.] = Kiyim uzunligi hisobi = 84cm

Klinli yubka bichish

Klinli yubka bichish


A÷B= Kiyim uzunligi hisobi
A÷C= Bo'ksa balandligi hisobi
A÷D= Bel hisobining 1/2 qismi
A÷E= Bel hisobining 1/2 qismi
C÷F= Bo'ksa hisobining 1/2 qismi
C÷G= Bo'ksa hisobining 1/2 qismi
D va F nuqtalar tutashadi
E va G nuqtalar tutashadi
A÷H= Gode balandligi hisobi
F va G nuqtalardan etakkacha to'g'ri chiziq tortiladi.
H nuqtadan bo'ksa va bel chizig'iga parallel chiziq tortiladi.
A÷I= 0,5 - 1 cm ; D , I , E nuqtalar tutashtiriladi.

H nuqtadan chiqqan chiziqning yon chiziq bilan
tutashgan nuqtalari J va K nuqtalar qilib belgilanadi.
B nuqtadan chiqqan chiziqning yon chiziq bilan tutashgan nuqtalari L va M nuqtalar qilib belgilanadi.
J÷L masofa = J÷O masofaga teng
K÷M masofa = K÷P masofaga teng
J÷L masofa = J÷Q masofaga teng
K÷M masofa = K÷R masofaga teng
F÷L masofa = F÷Q masofaga teng
G÷M masofa = G÷R masofaga teng
Har qanday klinli yubka bichmang shu chizma amal qiladi. Farqi shundaki, bichayotganda klinlar soni o'zgaradi. Masalan, 10 klinli yubka bichayotgan bo'lsangiz, hisobni 10 klinli yubka uchun chiqarasiz va shu chizma asosida chizasiz hamda bichayotganda 10 ta bo'lak bichib olasiz. 6 klinli yubka uchun ham shu hol takrorlanadi, klinlarni esa 6 dona bichib olasiz.

7_1591535688.jpg

8_1591535704.jpg

9_1591535717.jpg