16 - Dars: Quyoshcha yubkasini bichishni o'rganish.
Quyoshcha yubkasini bichishni o'rganish.
Quyoshcha yubka fasoni ayollarning sevimli yubka fasoni ekanligiga sabablar ko'p. Bulardan biri, bu fason kiyim egasi ko'rkiga ayollarga xos tarovat va yoshlikni hadya etsa, ikkinchi sabab bu fasonni bichish va tikish juda oddiy.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Kerakli o'lchamlar:
Bel aylanasi - 72 cm
Kiyim uzunligi - 60 cm

To'liq doira quyoshcha shaklidagi yubkani bichish uchun kiyim hisobini chiqarish formulasi:
Bel aylanasi : 6 - 1cm = Radius
Kiyim uzunligi + 1cm = Kiyim uzunligi hisobi.
O'lchamlarimizni formulaga qo'yamiz:
72 : 6 - 1cm = Radius = 11 cm; Radius = R.
61 + 1cm = Kiyim uzunligi hisobi = 61 cm
Agarda mato eniga sig'sa A nuqtadan B nuqtagacha masofa buklovda bichiladi. Chok tushadigan bo'lsa 2 ta detall bichiladi va tushgan chok yon choklari bo'ladi.
Yarim doira quyoshcha shaklidagi yubkani bichish uchun kiyim hisobini chiqarish formulasi:
Bel aylanasi : 3 -1cm = Radius
Kiyim uzunligi + 1cm = Kiyim uzunligi hisobi.
A nuqtadan B nuqtagacha buklovda bichiladi.
Eslatma:
Shu formulalar bo'yicha bichilsa belning aniq o'lchamiga mos yubka bichiladi va beliga tugma zamok bilan ishlov berish kerak.