17 - Dars: Stoyka yoqa bichishni o'rganish.
Stoyka yoqa bichish.
Bugungi darsda stoyka yoqa bichishni o'rganamiz, stoyka yoqa bichish uchun avvaliga andoza tayyorlab olinishi zarur. Dars orqali andoza tayyorlash bosqichlari tushuntirib o'tiladi.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
A÷B va C÷D masofa shakli bo'yicha o'lachanadi va quyidagi formulaga qo'yiladi.
Formula:
(A÷B + C÷D) - 1cm = E÷F
E÷F = chiziqni teng 3 ga bo'lib nuqtalar qo'yiladi, F nuqta yaqinidagi nuqta G nuqta
E÷H = 3cm
F÷I = 3cm
H÷I = chiziqni teng 3 ga bo'lib nuqtalar qo'yiladi, I nuqta yaqinidagi nuqta J nuqta
K nuqta J nuqta bilan tutashadi;
G nuqta I nuqta bilan tutashadi;
I nuqtadan 90° li burchak hosil qilib chiziq chiqariladi;
Yoqaga shakl beriladi;
E, G, I, J, H yoqa chetlari.
Agarda A nuqtadan o'lchab bichilsa ustma ust turadigan yoqa, A1 nuqtadan o'lchab bichilsa, uchlari yonma-yon turadigan yoqa hosil bo'ladi.

Yotiq yoqa bichish.
7cmga 10cm qilib old yoqa o'mizi
7cmga 2,5cm qilib orqa yoqa o'mizi chizib olinadi.
B÷E = 3 cm
A÷F = 3 cm
D÷G = 3cm
C÷H = 3cm
Yoqa o'mizidan ichkari tomonga 3cm o'lchab chiroyli yoqa chizib olinadi.
Yoqa tuzilishini aniq tasavvur qilish uchun uchbu rasmga e'tibor bering.
Yoqa shakli mana shunday kesib olinadi.
Yoqa andozasini matoga mana shunday joylashtiriladi. Yelka go'yoki ulangandek bo'lib turishi kerak.
Shtrix chiziqlar chok haqqi chiziqlari hisoblanadi.
Ko'pchilik stoyka yoqa deb o'ylab oddiy otdelkaning bichimini so'rayapti, bu stoyka yoqa emas, ammo bichimi so'ralgani uchun tushuntirib o'taman.
Andoza mana shu tartibda tayyorlanadi.
Otdelka kengligini 3 cm dan 6cm gacha qilish mumkin.
Andozani matoga mana shunday joylashtiriladi.
Shtrix chiziqlar chok haqqi chiziqlari hisoblanadi.
Bu kabi yoqani bichishda avval oldiga barcha ishlovlar berib olinib, keyin orqa yelka ulanadi.



