20 - Dars: Yangi tug'ilgan chaqaloqlar raspashonka ko'ylakchasini bichishni o'rganish.
Chaqaloq uchun nimadir tikishni rejalashtirar ekansiz, avvalo mato 100 % tabiiy tolalardan to'qilgan ekanligiga jiddiy e'tibor qarating. Sintetik tola aralashgan matolar go'dakning nozik terisiga jiddiy zarar yetkazadi. Har qanday bolalar kiyimining asosiy vazifasi bolaning sog'lig'ini saqlashdir, shuning uchun u xavfsiz va qulay bo'lishi kerak. Trikotaj matolar yuqori egiluvchanlikka ega, shuning uchun ular chaqaloqning harakatlariga umuman to'sqinlik qilmaydi. Shu vajdan chaqaloq kiyimlari uchun trikotaj matolardan tanlaganingiz ma'qul.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
CHAQALOQLAR UCHUN RASPASHONKA KO'YLAKCHA BICHISH BOSQICHLARI.

A÷B= 25cm
A÷C= 26cm
C÷D= 10cm
B÷E= 15cm
E÷F= 15cm
F÷D= Tutashtiriladi
F÷G= 3cm
F÷H= 3cm
G÷H= Tutashtiriladi
A÷I= 4cm
A÷J= 2cm
A÷K= 4cm
C÷L= 6cm
D÷M= 6cm
L÷M= Tutashtiriladi
Agarda C va D nuqtalar bo'ylab kesilsa yenggi kalta raspashonka bichish mumkin.
Agarda L va M nuqtalar bo'ylab kesilsa yenggi uzun raspashonka ko'ylakcha bichish mumkin bo'ladi.

