2020 - yil bahor - yoz mavsumi uchun urfga kiradigan 10 ta uslub.

| 07 Iyun 2020 18:39 | Zarina Jurayeva | Maqolalar

Keling bugun moda haqida gaplashamiz. Karantin bo'lishiga qaramasdan xotin qizlarimiz kelayotgan yoz mavsumining modasi haqida unutmagan bo'lishsa kerak. Bugun 2020-yilgi bahor yoz mavsumida modaga kiradigan liboslar o'ntaligini sizga taqdim qilmoqchiman. Shunga qarab keyingi darslarda nimalar bichishni o'rganishimiz lozimligini belgilab olamiz.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

OQSHOM MALIKASI OBRAZI

Bu yil bel qismi siqib,bo'ksa qismiga drapirovka, taxlama va burmalar bilan urg'u berilgan ko'ylaklar, yubkalar modaga kirib kelishi kutilmoqda.

3_1591538061.jpg


4_1591538072.jpg

5_1591538090.jpg

6_1591538107.jpg

ODDIY POLO - ZAMONAVIY POLO
Oxirgi yillarda polo futbolkalar oddiylikning zamonaviy qiyofasi sifatida aks etib kelmoqda. Bu yil ham pololar yangi-yangi uslublar bilan qorishib yanada sevimli obrazga aylanadi.

7_1591538123.jpg

8_1591538141.jpg

9_1591538153.jpg

10_1591538172.jpg

QADRDON DENIM

Menimcha har bir qizning garderobida 1 ta bo'lsa denim uslubidagi kiyim bo'lsa kerak. Klassikaga aylanib ulgurgan bu uslub o'z o'rnini hech ham bo'shatgisi yo'q. Bu yil dizaynerlar Denim faqat Denim bilan degan g'oyani ilgari surishmoqda.

11_1591538185.jpg

12_1591538199.jpg

13_1591538211.jpg

14_1591538250.jpg

QIZIL OBRAZ

Agarda siz bu yil, tadbirlarga, oqshomlarga borishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz - yoqut, qirmizi, yorqin qizil rangli liboslarni bemalol tanlashingiz mumkin. Chunki dizaynerlar bu yil shu ranglar modaga shiddat bilan kirib kelishini aytishmoqda.
15_1591538262.jpg

16_1591538275.jpg

17_1591538289.jpg

18_1591538302.jpg

KIBOR YELKALAR

Kibor xonimlari uslubini esga soluvchi fonarik yenglar bu yil modaga yaqqol kirib kelishi kutilmoqda. Bu noodatiy yenglar o'zingiz uchun tanlayotgan obrazni yanada zamonaviy va o'ziga xos qilishingizga yordam beradi.

19_1591538337.jpg

20_1591538350.jpg

21_1591538377.jpg

22_1591538392.jpg

OQ VA QORA HAMISHA YONMA-YON
Oq-qora katakli liboslar, oq qora yo'l yo'l liboslar ham o'z o'rnida urfda bo'lishi aytilmoqda. Dizaynerlar bu yil jiddiy uslubni sevuvchilar uchun juda ajoyib obrazni taklif qilishmoqda.
23_1591538408.jpg

24_1591538422.jpg

25_1591538439.jpg

26_1591538463.jpg

KRUJEVA VA GIPYUR
Bu obrazni nozik hilqat vakillari juda xush ko'rishlarini, dizaynerlar yaxshi bilishadi. Bu yilgi bahor yoz mavsumi modasini krujevali va gipyurli liboslar bezab turipti.

27_1591538488.jpg


28_1591538503.jpg

29_1591538522.jpg

30_1591538536.jpg


ZAPAXLI KIYIMLAR
Zapaxli kiyimlar xoh ko'ylak bo'lsin xoh yubka, har qanday qomatdagi ayolga yarashishi bilan tahsinga loyiq. Zapaxlar bu yil ham moda markazida bo'lishadi.

31_1591538560.jpg

32_1591538575.jpg

33_1591538596.jpg

34_1591538614.jpg

KICHIK GULCHALAR
Kichik gulchali ko'ylaklar ham bu yilgi moda markazida bo'lishi kutilmoqda. Siz eng oddiy matoni xarid qilib darslarimizda o'rgatilgan andozalar orqali eng zamonaviy ko'ylakni o'zingiz uchun tikib olishingiz mumkin.
35_1591538781.jpg

36_1591538813.jpg

37_1591538833.jpg


38_1591538848.jpg

PORLOQ YULDUZ OBRAZI
Va nihoyat tilla rangga ham yetib keldik,Agar siz yulduzdek porlashni xohlasangiz tilla rangli ko'ylaklarni bu yilgi mavsumda bemalol tanlab kiyishingiz mumkin. Ko'zni qamashtiruvchi obrazlar bu yil ham modada.

39_1591538886.jpg

40_1591538901.jpg

41_1591538914.jpg

42_1591538935.jpg