21 - Dars: Taglik bilan kiyish qulay bo'lgan bolajonlar shimchasini bichishni o'rganish. 

| 17 Avgust 2020 21:47 | Zarina Jurayeva | Darslar

Go'daklar o'lchamlari o'rtasida katta farq bo'lmasligini inobatga olib o'lcham standartlari jadvalini beryapman kerakli bo'lgan gavda qismi o'lchamlarini shu jadvaldan olishingiz mumkin.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

O'lcham standartlari jadvali:

oqilaqizuz_bichishni_organamiz_1597696834.png

CHIZMA CHIZISH BOSQICHLARI.

Kerakli o'lchamlar:

Bel yarim aylanasi
Shim uzunligi
To'piq aylanasi

Ishtoncha bichish


A÷B = (Bel yarim ay.si : 2) + 3cm;
B÷C = Shim uzunligi;
A nuqtadan to'g'ri vertikal chiziq tushuriladi;
C nuqtadan gorizontal chiziq chiqariladi;
Tutashgan nuqtalar D nuqta;
A÷E = Bola o'lchamiga qarab umumi uzunlikning 1/2 yoki 1/3 qismi;
Yoshi kattaroq bolalarda 1/3 qismi olinadi;
Yoshi kichik bolalarda 1/2 qismi olinadi;
E÷F = 4 cm;
A÷F = Tutashtiriladi va 2 cm yuqoriga chiqarilib G nuqta belgilanadi;
A÷I = 1 cm;
B÷H = 2cm;
G÷H = Tutashtiriladi;
I÷H = Tutashtiriladi;
C÷J = (To'piq ay.si : 2) + 3cm;
G÷F = Buklovda bichiladi.

F, G, H, C, J = Ort bo'lak
F, I, H, C, J = Old bo'lak

Bichiladigan detallar:


Taglik bilan kiyiladigan shim


Natijadan zavqlanamiz!


Bolalar shimi bichish


Bolalar kiyimlari


Bolalar kiyimi