22 - Dars: Akula shaklidagi konvert - ko'rpa tikishni o'rganish.
Oilada farzand paydo bo'lishi bilan, g'amxo'r onalar va otalar u uchun barcha yaxshi narsalarni olishga harakat qilishadi. Yosh onalar ba'zi narsalarni o'zlari qilishni afzal ko'rishadi. Ona tomonidan mehr bilan tikilgan har qanday buyum bola uchun eng yaxshisidir. Bu ko'rpani tikish esa hatto bichuvchilikdan uncha xabari bo'lmagan inson uchun ham juda oson, faqatgina did va bir oz e'tiborning o'zi kifoya.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Bolalar uchun tikiladigan bugungi buyumimiz o'zgacha ko'rinishi bilan sizni ham ajablantiradi ham zavqlantiradi. Bunday ko'rpa tikish uchun 100 % tabiiy tolali matolarni qo'llash maqsadga muvofiq. Go'dakni konvert - ko'rpa ichiga solish va olish qulay bo'lishi uchun yon tomoniga zamok o'rnatish kerak.