24 - Dars: Kichkintoylarimizga kombinezon tikib beramiz.

| 10 Oktyabr 2020 22:57 | Zarina Jurayeva | Darslar

Harakatchan va dunyoni o'rganishga o'ta ishtiyoqmand kichkintoylar serharakatligidan kiyimlari yechilib, bellari ochilib bir pasda shamollab qoladi! Ammo, kombinezon kiygan kichkintoy dunyoni bemalol o'rganishi mumkin! Chunki kombinezonlar bolalar uchun eng qulay kiyimdir bunga sabab beli rezinkada siqilmaydi hamda buning natijasida nozik terisi qancha ko'p harakat qilsa ham zararlanmaydi! Bugun mana shunday kombinezon bichish qoidasini yaxshilab o'rganib olamiz !

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Kombinezon asosini chizish.
Kombinezon asosini chizish


A nuqta belgilanadi va shu nuqtadan o'ngga gorizontal va pastga vertikal chiziqlar chiqariladi;
A÷B = Bo'yin yarim aylanasi :3 + 1,2 yoki 3 cm;
B÷C = Ko'krak yarim aylanasi : 3;
C÷D = 2,5-3 cm;
C÷E = 10-13 cm;
E nuqtadan o'ngga va chapga gorizontal chiziq o'tkaziladi. Shu chiziqning A nuqtadan tushgan chiziq bilan tutashgan joyiga F nuqta belgilanadi;
F÷G = Ko'krak yarim aylanasi + 2-3cm;
A÷H = Go'dakning bo'yi uzunligidan go'dak bo'yining 1/5 minus qilinadi. Masalan go'dak bo'yi 75 cm bo'ladigan bo'lsa: 75:5=15 demak 75 - 15 = 60 = A÷H;
H÷I = 3 oylikkacha-18 cm,
6 oylikkacha -23 cm,
9 oylikkacha -28 cm;
H÷J = 6-8 cm;
G nuqtadan pastga vertikal chiziq tushuriladi. Pocha chizig'i bilan tutashgan nuqta K nuqta;

K÷L = 2-4 cm;

Yeng chizish:

Kombinezon uchun yeng chizish

A÷B = 7-9 cm B nuqtadan o'ngga va chapga gozrizontal chiziq tortiladi;
A÷C = Yeng uzunligi;
A÷D = 11-13cm bu nuqta B nuqtadan chiqqan chiziq bilan tutashishi kerak;
A÷E = A÷D;
A÷D = bo'lamiz 3 ga va F nuqtani belgilaymiz;
A÷E = Bo'lamiz 3 ga G va H nuqtalarni belgilaymizmiz;
F nuqtadan 2 cm;

G nuqtadan 1 cm.

Asosdan foydalanib kobinezon modellashtirishni o'rganish.

Kombinezon modellashtirishni o'rganish

Assimmitrik kombinezonni modellashtish tartibi.

Assimmitrik kombinezon modellashtirish

Mohir qo'llaringiz bilan nimalar qila olishingiz mumkinligini bir qarang!!!

Kombinezon tikish

Kombinezon bichish

Kombinezon bichish va tikish

Kombinezon tikish va bichish