9 - Dars: Qiya cho'ntak tikish bosqichlarini video dasr orqali o'rganamiz.

| 07 Iyun 2020 08:23 | Zarina Jurayeva | Darslar


Hurmatli chevar qizlar, bugun qiya cho'ntakli bolalar shortikchasi tikishni o’rganamiz. Cho’ntakni tikish texnologiyasi kattalar kiyimida ham, bolalar kiyimida ham bir xil. Cho’ntak tikishni o’rganmoqchi bo’laganlar diqqat qilishingiz mumkin. Videoda chizib bichilgan andoza 8- darsda batafsil o'rgatilgan.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.


  1. Mana shu mato bo’lagidan shortikcha bichib olmoqchiman.
  2. Mana chizmani chizib oldik. E’tibor bering A B C nuqtalar tushgan vertikal chiziqni orasini ochib chizdim. Bu chok haqqi hisobi. Shtrix chiziqlar esa chok haqqi chiziqlari bo’lib, qaychi bilan kesish chiziqlarimiz hisoblanadi..
  3. Mana shtrix chiziqlar bo’ylab qirqib bichib ham oldik.
  4. Faqat 1 juft old bo’laklarni ajratib olamiz.
  5. Cho’ntak chizig’ini chizib olamiz. 5-6 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan shortikda man bu masofani 5 cm ga 12 cm qilib oldim. Kattalar kiyimida bu masofani 8cm ga 18 cm qilib olishingiz mumkin.
  6. Cho’ntak chizig’ini avaylab buklab cho’zmasdan dazmollaymiz.
  7. Shu buklov chizig’iga 3cm kenglikdaki qotirma flizilin yopishtirib olamiz. Flizilin asosiy ip yo’li bo’ylab qirqilgan bo’lishi kerak.
  8. Flizilin yopishtirgandan so’ng yana qayta cho’ntak chizig’ini buklab dazmollaymiz.
  9. Navbatdagi ishimiz cho’tak qopini bichib olish bo’ladi. Men bezak mato sifatida mana shu matodan foydalanyapman va shu matoning o’zidan cho’ntak qopini bichib olaman.
  10. Mana cho’ntak qopini bichib ham oldik,
  11. Cho’ntak qopi va asosiy gazlama birlashtirilib cho’ntak chizig’i ustidan yordamchi chok bilan mana shu shaklda tikib olinadi.
  12. Yordamchi chokning ustidan mashina choki yurg’izamiz.
  13. Yordamchi choklarni olib tashlaymiz, mana shunday ko’rinishga keladi.
  14. Cho’ntak qopining keraksiz qismini kesib tashlaymiz. E’tibor berib kesing, Asosiy kiyim matosini kesib yubormang.
  15. Cho’ntak buklanish chizig’ining yuqori burchagiga overlik bilan ishlov beramiz.
  16. Overlok qilingan joy cho’ntak qopiga bostirib tikiladi.
  17. Agarda siz bezak matoli emas, oddiy cho’ntak tikayotgan bo’lsangiz cho’ntak qopining mana bu yeriga asosiy gazlamadan yopuvchi mato bostirib tikib qo’yishingiz kerak.
  18. Yordamchi chok ustidan mashinkada tikib olamiz.
  19. Yordamchi choklarni olib tikilgan choklarni dazmollab olamiz.
  20. cho’tak chizig’ini buklab yana yaxshilab dazmollab olamiz.
  21. Mana chho’ntagimiz deyarli tayyor.
  22. Chontak qopiga tikish chizig’imizni chizib olamiz.
  23. Chizilgan chiziq bo’ylab tikib, ortiqcha joylarini kesib tashlab, chok uchlariga overlok bilan ishlov beramiz.
  24. cho’ntak boshi va oxiriga zakrepka choklarini berib mustahkamlab lamiz.
  25. Orqa va old bo’lak yon choklarini tutashtirib tikamiz. Cho’ntak mana shunday ko’rinishga keldi.
  26. Kiyimning orqa va oldi o’rtasidagi choklarni tikamiz.
  27. Mana tikib oldik, eslatib o’taman har bir chokka avelok bilan ishlov berish orqali tikayotgan buyumimizning sifatini oshirayotgan bo’lamiz.
  28. Qadam choklarini ham tikib overlok qilib olamiz.
  29. Shortikchamizning bel va pocha qismi uchun bezak matoimizdan tasmalar bichib olamiz.
  30. Tasmalar uchlarini ulaymiz.
  31. so’ngra choklarini yorib dazmollaymiz.
  32. Undan so’ng tasmalarning o’ngini o’girib teng 2 ga buklab qirralarini dazmol yordamida chiqarib olamiz.
  33. Mana bezak matoimizni shortikchamizga ulab, choklariga ishlov berib oldik.
  34. Tikkan kiyimimizni so’nggi marta yaxshilab dazmollaymiz
  35. bel qismiga rezinka o’tkazib qo’yamiz.

Mana shortikchamiz tayyor! ko’rib turganingizdek bizda hammasi oddiy.

cho'ntak tikish

cho'ntak tikishni o'rganish

cho'ntak tikishni o'rganish