5 - Dars: Sodda asosdagi ayollar ko'ylagini bichishni o'rganish.

| 26 Mart 2020 19:00 | Zarina Jurayeva | Darslar

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

Bugungi darsimiz eng asosiy darslardan biri bo'lib, bu darsda o'rgatilgan chizma orqali siz oddiy bichimdagi ayollar ko'ylaklari, koftalar, xalatlar kabi ko'pgina kiyimlarni bichishda yordam beradigan chizmani o'rganishingiz mumkin.

Kelajakda o'tadigan ko'p darslarimizga bugungi darsimiz asos bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun chizmani o'tishdan avval chizma chizishda ishlatiladigan oddiy detall va iboralar bilan tanishamiz:

3_1589316001.jpgBugungi chizmamizni chizishda bu belgilarning barchasidan foydalanmasakda, kelajakda chizishni o'rganadigan shim, yubka, murakkab asosdagi ko'ylak va kostyum chizmasini chizishda bu qisqartma belgilar bizga juda kerak bo'ladi. Bu yerdagi 10-belgini amalda ishlatiladigan bo'luv belgisi bilan adashtirmasligimiz kerak. Konstruksiyalashda bu belgi nuqtadan nuqtagacha degan ma'noni anglatadi.

Masshtabli chizg'ich bilan ishlash.

Odatda chizmalarni o'rganish uchun chizishda masshtabli chizg'ichdan foydalaniladi. Bunda ixchamgina qog'ozda, chizmani qayta qayta chizib tajribangizni oshirib olishingiz mumkin. Har bir chizmani oddiy daftarga jamlab yig'ishda ham shu masshtabli chizg'ich bizga yaqindan yordam beradi. Masshtabli chizg'ich tayyorlash uchun bizga oddiy yog'och chizg'ich kerak bo'ladi.

4_1589316204.jpg

Oddiy yog'och chizg'ichdan masshtabli chizg'ich tayyorlash uchun:

1cm = 5cm hisobida olinadi. Shunda chizmalar daftarga 5 barobar kichraytirilgan holatda hech qaysi proporsiyalar o'zgarmagan holda chiziladi.

Masshtabli chizg'ich mana shu rasmda ko'rsatilgani kabi tayyorlanadi. Tushunganingizdek masshtabli chizg'ichda 2mm = 1 cm!

Qora ruchka yordamida yog'och chizg'ichdan mana shunday chizg'ich tayyorlab oling. Barcha libos konstruksiyalashda chizadigan chizmalarimizda shu chizg'ichdan foydalanishingiz mumkin.

Kerakli o'lchamlar:
B Yelka kenglik - 38 cm
Ko'krak aylanasi - 92 cm
Ko'krak balandligi - 26 cm
Ko'krak markazlari oralig'i - 18 cm
Bel aylanasi - 72 cm
Bo'ksa aylanasi - 98 cm
Yuqori bilak aylanasi - 28 cm
Kiyim uzunligi - 100 cm
Yeng uzunligi - 20 cm
Bugungi o'rganadigan qisqartma ibora: Vitachka haqqi - libosga forma berish uchun vitachkalar beriladi, bu bichishda inobatga olib bichiladi.
Qisqartma shakli - [v.h]
Kiyim hisobini chiqarish formulasi:
(B yelka kenglik+2cm[ch.h.]):2= Yelka hisobi
(Ko'krak aylanasi+4cm[e.h.]):4+2cm = Ko'krak hisobi
(Bel aylanasi+4cm[e.h.]):4+3cm[v.h.]+2cm = Bel hisobi
(Bo'ksa aylanasi+4cm[e.h.]):4+2cm = Bo'ksa hisobi
Kiyim uzunligi+1cm[ch.h. yelkani ulash uchun]+4cm[ch.h. etak uchun]=Kiyim uzunligi hisobi.
(Bilak aylanasi+6cm[e.h]+2cm[ch.h.]):2= Bilak aylanasi hisobi

Yeng uzunligi+1cm[ch.h. yelkaga ulash uchun]+4cm[ch.h. etak uchun]=Yeng uzunligi hisobi.
O'lchamlarimizni yuqoridagi formulaga qo'yib olamiz:

(38+2cm[ch.h.]):2= 20cm = Yelka hisobi
(92+4cm[e.h.]):4+2cm = 26cm = Ko'krak hisobi
(72+4cm[e.h.]):4+3cm[v.h.]+2cm = 24cm = Bel hisobi
(98+4cm[e.h.]):4+2cm = 28cm = Bo'ksa hisobi
100+1cm[ch.h.]+4cm[ch.h.]= 105cm = Kiyim uzunligi hisobi.
(28+6cm[e.h]+2cm[ch.h.]):2= 18cm = Bilak aylanasi hisobi
20+1cm[ch.h.]+4cm[ch.h.]= 25cm = Yeng uzunligi hisobi.

Mana hisob ishini yakunlab oldik endi bemalol bichsak ham bo'ladi!!!

7_1589316911.jpg

1. Ko'krak vitchkasi uzunligi 13-14cm
2. Kiyim o'rtasidan bel vitachkasigacha bo'lgan masofa =ko'rak markazlari oralig'i : 2.

Bizning holatimizda 18cm:2=9cm = bel vitachkasigacha masofa.

O'miz uzunligi haqida:
O'miz uzunligi har xil o'lchamlar uchun turlicha uzunlikda bo'ladi. O'miz uzunligi old qismini chizganda, yelkadan 5cm qiyalik uchun tushilgan nuqtadan boshlab o'lchab chiziladi. Orqa o'miz uzunligi esa (5+O'miz uzunligiga)-3cm ga teng. Ayirib tashlangan 3 cm - orqa yelka qiyaligi hisoblanadi. Bizning holatimizda (5+18)-3cm=20cm=orqa o'miz uzunligi.
O'miz uzunligining turli o'lchamlarda necha cm qilinishi:
44 - 46 - 48 -O'lchamlar uchun - 18 cm
50 - 52 - O'lchamlar uchun - 19 cm
54 - 56 - 58 - O'lchamlar uchun - 20 cm
60 - 62 - O'lchamlar uchun - 21 cm

Sodda asos uchun yeng bichishni o'rganish.

9_1589317395.jpg

Okat balandligi o'miz uzunligi kabi har xil o'lchamlarda turlicha o'lchab bichiladi.

44 - 46 - 48 -O'lchamlar uchun - 16-17 cm

50 - 52 - O'lchamlar uchun - 17-18 cm

54 - 56 - 58 - O'lchamlar uchun - 18 cm

60 - 62 - O'lchamlar uchun - 19 cm.

To'ladan kelgan ayollar uchun sodda asosga mos yeng chizmasini chizish.

10_1589317606.jpg

To'ladan kelgan ayollarga yelkaning etli ekanligi hisobiga yeng boshi kengaytiribroq bichiladi.

To'ladan kelgan ayollarga libos bichishda o'lcham olishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki qomat nostandart bo'lsa, libosni ko'ngildagidek chiqarish murakkablashadi. To'g'ri o'lcham olish esa ishni ancha yengillashtiradi.

11_1589317822.jpg

To'ladan kelgan ayollarda bo'ksa o'lchami ham odatdagidan boshqacha o'lchanadi. Ya'ni santimetr lentasi ham bo'ksa, ham qorinning turtib chiqqan joyidan aylantirib o'lchanishi lozim.Yo'qsa o'lcham noto'g'ri olinib, bichilgan kiyim, egasiga tor kelib qolishi mumkin. Bu suratda ham tushuntirilgan.

Keling endi bugungi chizmamiz orqali qanday liboslar bichib tikishimiz mumkinligini ko'rib chiqamiz.

12_1589318019.jpg

To'g'ri bichimli nafis lentalar bilan ishlov berilgan ayollar ko'ylagi.
Ayollar ko'ylagini bichish
Yoqa, yeng va etak qismlari o'ziga xos kashtalar bilan bezatilgan ayollar libosi.
Ayollar ko'ylagini bichishAyollar ko'ylagini bichish