1 - Dars: O'lcham olish qoidalarini o'rganish.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Aylanalar
Bo’yin aylanasi – bo’yin yelka bilan tutashgan joyidan santimetr lentani aylantirib o’lchanadi.
Ko’krak aylanasi – ko’krakning eng turtib chiqqan joyning ustidan santimetr lentani o’tkazib, aylantirib o’lchanadi.
Bel aylanasi – belning eng ingichka joyi o’lchanadi.
Bo’ksa aylanasi – bo’ksaning eng turtib chiqqan joyning ustidan santimetr lentani o’tkazib, aylantirib o’lchanadi.
Bo’ksa aylanasi 2 – bo’ksa tugab son boshlanishidagi bukilgan joydan santimetr lentani aylantirib o’lchanadi.
Son aylanasi – sonning eng yo’g’on qismi aylantirib o’lchanadi.
Yuqori bilak aylanasi – yelka tugab qo’l boshlanayotgan qismi aylantirib o’lchanadi.
Bilak aylanasi – qo’l tugab kaft boshlanayotgan qism aylantirib o’lchanadi.
Uzunliklar
Old belgacha uzunlik – santimetr lentaning uchi yelkadan qo’yiladi, ko’krakning turtib chiqqan joyidan lenta o’tkazilib, bel chizig’igacha o’lchanadi.
Ort belgacha uzunlik – santimetr lentaning uchi orqaning bo’yin qismida turtib chiqqan 7-umurtqa suyakchasi ustiga qo’yiladi, kurakning turtib chiqqan joyidan lenta o’tkazilib, bel chizig’igacha o’lchanadi.
Beldan bo’ksagacha uzunlik- yon tomondan o’lchanadi, bel chizig’dan bo’ksaning turtib chiqqan joyigacha o’lchanadi.
Beldan tizzagacha uzunlik – bel chizig’idan tizzagacha o’lchanadi.
Beldan polgacha uzunlik – bel chizig’idan polgcha o’lchanadi
Qo’ltiq o’mizi uzunligi – qo’ltiq o’mizi uzunligi murakkab asosdagi kiyimlarni chizganda qo’llanilib, bu mavzuga hali alohida to’xtalamiz.
Kengliklar
A yelka kenglik – bo’yin tugagan joydan, yelka bukilgan
joygacha o’lchanadi.
B yelka kenglik – orqa tomondan ikki yelka qirrasi oralig’i o’lchanadi, bu o'lchamni to'liq yelka kenglik deyish ham mumkin.
Ort kenglik – ikki kurak turtib chiqqan joy ustidan qo’l boshkangan joygacha o’lchanadi.
Old kenglik – xuddi orqa kenglik o’lchangan chiziqni oldi tomoni o’lchanadi.
Va yana
a-ko'krak balandligi- yelkadan ko'krakning turtib chiqqan qirrasigacha o'lchanadi.
b-ko'krak markazlari oralig'i - ikki ko'krak qirralari oralig'i o'lchanadi
Rasm ustiga bosing o'lcham olishda e'tibor beriladigan jihatlarni video dars orqali o'rganing!
Eslatma!!!
O'lchamlarni yanada aniq olish uchun bel, ko'krak, bo'ksa chiziqlariga ingichka arqoncha bog'lab olishingiz mumkin. shunda o'lchamlar yanada aniq olinadi!
Shuni unutmangki o'lcham qanchalik aniq olinsa kiyim shunchalik chiroyli chiqadi.