Darslarda eng ko'p qo'llanilayotgan shartli belgilar bilan tanishish.

| 07 Iyun 2020 21:07 | Zarina Jurayeva | Maqolalar

Hurmatli qizlar har bir darsni e'tibor bilan o'rgansangiz, hech qanday savollar tug'ilmaydi. Ko'pchilik 1-2- darslarni o'rganmay turib darrov 5- yoki 6- darsni o'rganmoqchi bo'ladi, BU NOTO'G'RI! Bekorga har bir darsga raqam berilmagan. Har bir darsda navbatdagi darslarda kerak bo'ladigan nimanidir o'rgatib ketilgan.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

SHUNING UCHUN TARTIB BO'YICHA O'RGANING.

Bichish tikish kursi

Chizmalarimiz tushunarli bo'lishi uchun shartli belgilardan foydalanyapmiz.
Eng ko'p ishlatiladigan shartli belgilarni
yana bir bor tushuntirib o'taman:
Erkinlik haqqi- Qisqartma shakli- [e.h.]
Erkinlik haqqining o'lchamga qo'shilishiga sabab libos erkinroq turishi uchundir. Ixcham kiyimlarga 4-6 cm, kengroq kiyimlarga 8-12 cm erkinlik haqqi qo'shiladi.
Chok haqqi- Qisqartma shakli - [ch.h.]
Kiyimni bichayotganda chok haqqini ham qo'shib hisobini chiqaramiz. Shunda chizgan chizig'imiz ustidan bemalol kesishimiz mumkin bo'ladi.
Vitachka haqqi -Qisqartma shakli- [v.h]
Libosga forma berish uchun vitachkalar beriladi, bu bichishda inobatga olib bichiladi.
Nuqtadan nuqtagacha belgisi - ÷
Bu belgini amalda ishlatiladigan bo'luv belgisi bilan adashtirmasligimiz kerak. Konstruksiyalashda bu belgi nuqtadan nuqtagacha degan ma'noni anglatadi.

Bichish tikishni o'rganish