“Har kuni bugun dushmaningizni uchratadigandek kiyining”
Moda sanoatini tubdan o‘zgartirib, unda yorqin va beqiyos iz qoldirgan ayol – Koko Shaneldan 10 ta iqtibosni e'tiboringizga havola etamiz. Uning moda va muhabbat haqida aytganlari hanuzgacha dolzarbligini yo‘qotmagan.
- Tengsiz bo‘lish uchun doimo o‘zgarib turish kerak.
- Hamma erkaklar yosh bola ekanligini tushunsangiz — hamma narsani tushungan bo‘lasiz.
- Originallikdan ehtiyot bo‘ling – ayollar modasida originallik maskaradga olib kelishi mumkin.
- Modaning ikki maqsadi bor: qulaylik va muhabbat. U maqsadlariga erishgandan so‘ng go‘zallik paydo bo‘ladi.
- Har doim bugun dushmanga duch kelib qoladigandek kiyining.
- Vaqtni devorga shunchaki urish bilan behudaga sarflamang. Undan ko‘ra devorda eshik hosil qiling.
- Ayollar, taomilga ko‘ra, turmush o‘rtoqdan ko‘ra tungi ko‘ylakni sinchiklab tanlaydi.
- Haqiqiy baxt qimmat emas. Agar buning uchun yuqori narx to‘lash kerak bo‘lsa, u qalbaki.
- Agar kiyim ko‘chada kiyilmasa, u moda emas.
- Chiroyli tufli kiygan ayol hech qachon xunuk bo‘lmaydi.
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.