2 - Dars: Pijama shim bichishni o'rganish.

| 05 Mart 2020 19:00 | Zarina Jurayeva | Darslar

Bugun sizlar bilan juda oddiy, ammo universal andozani chizishni o'rganamiz. Bu andoza yordamida siz tungi pijama, kofta bilan kiyiladigan keng shim, ko'ylaklar bilan kiysa bo'ladigan lozim kabi kiyimlarni bichib tikishingiz mumkin. Bundan tashqari shu chizmadan foydalangan holda bolajonlaringizga ham kenggina ishtonchalar bichib tikib berishingiz mumkin.

Bu andozaning yana bir juda qulay tarafi shundaki uni to'g'ridan to'g'ri mato ustiga bo'r bilan chizib bichsa bo'ladi.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!

8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

Kerakli o'lchamlar atigi 2 dona:
Bo'ksa aylanasi - 100 cm
Shim uzunligi - 95 cm
Misol tariqasida 100 cmli bo'ksa o'lchamini olib yozyapman, siz quyida berilgan formula yordamida o'z bo'ksangiz hisobini chiqarishingiz mumkin.
Formula: Bo'ksa aylanasi : 2 = O'lcham
Bizning holatimizda bunday - 100 : 2 = 50 demak O'lcham - 50 cm!
Endi yana bizga O'lchamning 1/2 ; 1/4 ; 1/8 ; 1/16 qiymatlari kerak bo'ladi.
50 : 2= 25 | 50 : 4= 12,5 | 50 : 8= 6,25 | 50 : 16= 3,12
Mana formula bo'yicha hisob kitob qilib oldik endi bichsak bo'ladi!

1_1589112164.jpg

Sariq rang bilan bo'yalgan qismi andozaning qismi. Qolgan chiziqlar bilan adashtirib yubormasligingiz uchun andozani sariq rangga bo'yab qo'ydim. Agarda siz o'ta cho'ziluvchan matodan bichayotgan bo'lsangiz andozani yon chiziqdan 4-5 cm ga kichraytirishingiz mumkin. Bu qizil chiziq bilan belgilab ko'rsatilgan.

Rasm ustiga bosing va lozim bichish tikish jarayonini batafsil o'rganing!

Lozim bichish va tikish

Keling endi shu andozadan foydalanib nimalar bichib-tikishimiz mumkinligini ko'rib chiqamiz.

1dars_1589112230.jpg

Tungi kiyim bilan kiysa bo'ladigan yengilgina pijama shim.

2dars_1589112265.jpg

Uyda erkin harakatlanib yurishimizga qulaylik yaratadigan yengil shimlar.

3_1589112294.jpg

Yorqin rangli pijama shimlar.

4_1589112334.jpg

Hattoki sport uslubidagi ajoyib keng cholvorlarni bichib tika olamiz, bugungi o'tilgan andoza yordamida.