Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Bugun o'rganadigan chizmamiz orqali bir varakayiga 2 xil bichimdagi libosni bichishni o'rganib olishingiz mumkin.
1- Bichim yordamida trapetsiya shaklidagi, yaxlit bichimdagi ko'ylakcha bichsangiz
2- Bichim sizga koketkali etak qismi burmali yoki taxlamali qizaloqlar ko'ylagini bichishingizga ko'maklashadi.

Kerakli o'lchamlar:
B yelka kenglik - 28 cm
Ko'krak aylanasi - 58 cm
Bel aylanasi - 58 cm
Bilak aylanasi - 19 cm
Old uzunlik - 22 cm
Koketka uzunligi - 20 cm
Yeng uzunligi - 10cm
Kiyim uzunligi - 58 cm
Kiyim hisobini chiqarish formulasi:
(B yelka kenglik+2cm[ch.h]):2= Yelka hisobi
(Ko'krak aylanasi+4cm[e.h.]):4+2cm[ch.h.]= Ko'krak hisobi
(Bel aylasi+6cm[e.h.]):4+2cm[ch.h.]= Bel hisobi
(Bilak aylanasi+4cm[e.h.]):2+1cm[ch.h.]= Bilak hisobi
Koketka uzunligi+2cm[ch.h.]= Koketka hisobi
Kiyim uzunligi+1cm[ch.h.yelkani ulash uchun]+3cm[ch.h. etak uchun]= Kiyim uzunligi hisobi
Yeng uzunligi+3cm[ch.h.]= Yeng uzunligi hisobi
2-bichim uchun qo'shimcha hisob:
(Bel aylanasi+4[e.h.])·3= Etak kenglik
(Kiyim uzunligi - Koketka uzunligi)+4cm[ch.h.]= Etak uzunligi hisobi
Etak kenglik:4+1cm[ch.h] = Etak hisobi
O'lchamlarimizni yuqoridagi formulaga qo'yib olamiz.
(28cm+2cm[ch.h]):2= 15cm = Yelka hisobi
(58cm+4cm[e.h.]):4+2cm[ch.h.]= 17,5cm = Ko'krak hisobi
(58cm+6cm[e.h.]):4+2cm[ch.h.]=18cm = Bel hisobi
(19cm+4cm[e.h.]):2+1cm[ch.h.]= 12cm = Bilak hisobi
20cm+2cm[ch.h.]= 22cm = Koketka hisobi
55cm+1cm[ch.h.yelkani ulash uchun]+3cm[ch.h. etak uchun]= 59cm = Kiyim uzunligi hisobi
10cm+3cm[ch.h.]= 13cm = Yeng uzunligi hisobi
2-bichim uchun qo'shimcha hisob:
(58cm+4[e.h.])·3= 186cm = Etak kenglik
(55cm - 20cm)+4cm[ch.h.] = 39cm = Etak uzunligi hisobi
186cm :4+1cm[ch.h] = 47,5cm = Etak hisobi
Bolalarning qorinchasi bo'lgani uchun old koketka uzunligiga + 2 - 3 cm qo'shib bichiladi. Shunday qilinmasa ko'ylak oldi ko'tarilib qoladi. Ammo old va orqa yon choklari baravar bichiladi - Bu rasmda shtrix chiziqlar bilan tushuntirilgan.
Biz bu yerda bel aylanasini 3 ga ko'paytirib oldik. Siz matoyingiz kamroq bo'lsa 2 ga yoki 2,5 ga ko'paytisangiz ham bo'ladi. Shunda etak qismi kam burmaliroq bo'ladi. Agarda siz etak qismi burmali emas, taxlamali ya'ni skladkali libos tikmoqchi bo'lsangiz, bel aylanasini 3 ga ko'paytirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Mana hisob ishini yakunlab oldik, endi bichsak ham bo'ladi!!!

Etak qismini va yengni bichish
Chizma haqida
Qizchalar kiyimida old va orqa qism deyarli bir xil bichiladi, farq faqatgina yoqa o'yiqligi va yeng o'mizi o'yiqligida bo'ladi. Yosh bolalarning qorni bo'lganligi sabab old qismning o'rtasi orqaga nisbatan 2cm uzunroq bichiladi. Shtrix chiziq bo'ylab kesib koketkani bichib olish mumkin, koketka bichganda yon tomonlari 1,5- 2cm ixchamlashtirib, orqa bo'lakka vitachka ham berish kerak. Agarda siz 1-bichimdagi kabi yaxlit bichimli ko'ylakcha bichayotgan bo'lsangiz, vitachka berish kerak emas.
O'miz uzunligi hamda okat balandligi haqida
Oldingi darsda o'tganimiz kabi qizaloqlar liboslarida ham o'miz uzunligi hamda okat balandliklari turli o'lchamlarda turlicha bo'ladi.
O'miz uzunligi va yelka qiyaligi
3-5 yoshlar uchun - 11-12 cm, qiyalik 2-3 cm
6-8 yoshlar uchun - 12-13 cm, qiyalik 3-3,5 cm
9-11 yoshlar uchun - 13-14 cm, qiyalik 3,5-4 cm
Okat balandligi
3-5 yoshlar uchun - 7-8 cm
6-8 yoshlar uchun - 9-10 cm
9-11 yoshlar uchun - 11-12 cm
Keling o'tgan chizmalarimiz orqali qizaloqlarimizga nimalar tika olishimizni ko'rib chiqamiz.




6-darsga kelib mana siz ona va qiz obrazini yaratishingizga yordam beradigan chizma andozalarini chizishni o'rganibmiz. Endi bemalol bu obrazni mustaqil yaratib, bichib tikishingiz mumkin!




Telegramda rasmiy kanalimiz va muhokamalar uchun guruhimiz ham mavjud.