4 - Dars: Namoz kiyimi va himar bichishni o'rganish.

| 17 Mart 2020 19:00 | Zarina Jurayeva | Darslar

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

Kerakli o'lchamlar:

B yelka kenglik - 40 cm(bu o'lchamni olish 1-darsda o'rgatilgan)

Ko'krak aylanasi - 100 cm
Ko'krak balandligi - 28 cm
Bo'ksa aylanasi - 110 cm
Old belgacha uzunlik - 42 cm
Beldan bo'ksagacha uzunlik - 20 cm
Kiyim uzunligi - 130 cm
Yeng uzunligi - 60 cm

Misol tariqasida shu o'lchamlardan foydalanamiz. Endi esa bichishdagi qisqartma iboralar bilan tanishamiz:
Erkinlik haqqi- erkinlik haqqining o'lchamga qo'shilishiga sabab libos erkinroq turishi uchundir. Ixcham kiyimlarga 4-6 cm, kengroq kiyimlarga 8-12 cm erkinlik haqqi qo'shiladi.
Qisqartma shakli- [e.h.]
Chok haqqi- Kiyimni bichayotganda chok haqqini ham qo'shib hisobini chiqaramiz. Shunda chizgan chizig'imiz ustidan bemalol kesishimiz mumkin bo'ladi.
Qisqartma shakli - [ch.h.]

Kiyim hisobini chiqarish formulasi:
(Byelka kenlik+2cm[e.h.]):2+2cm[ch.h.]= Yelka hisobi.
(Ko'krak aylanasi+12cm[e.h.]):4+2cm[ch.h.]= Ko'krak hisobi
(Bo'ksa aylanasi+12cm[e.h.]):4+2cm[ch.h.]= Bo'ksa hisobi
Old belgacha uzunlik+Beldan bo'sagacha uzunlik+ +1cm[ch.h]= Bo'ksagacha uzunlik hisobi
Yeng uzunligi+2cm[ch.h.]= Yeng hisobi
Kiyim uzunligi+3cm[ch.h.]= Kiyim uzunligi hisobi
O'lchamlarimizni shu formulaga qo'yib olamiz:
(40+2[e.h.]):2+2cm[ch.h.]= 23cm = Yelka hisobi
(100+12[e.h.]):4+2cm[ch.h.]= 30cm = Ko'krak hisobi
(110+12[e.h.]):4+2cm[ch.h.]= 32,5cm = Bo'ksa hisobi
42+20+1cm[ch.h.]= 63cm = Bo'ksagacha uzunlik hisobi
60+2cm[ch.h.]= 62cm = Yeng hisobi
130+3cm[ch.h.]= 133cm = Kiyim uzunligi hisobi
Mana hisob ishini ham yakunlab oldik endi bemalol bichsak ham bo'ladi!!!
Namaznik bichish
Keng libos bo'lganligi sababli old va orqa bo'lak 1 xil bichiladi, faqat yoqa o'yiqliklarida farq bo'ladi. Yengni chiziq chizilgan joydan kesib ham bichish mumkin.
Himar bichish chizmasi.
Namaznik bichish

Andoza 2 xil rangga bo'yalganiga sabab, 2 xil himar tasvirlangan. Agar qizil rangli qismi olib tashlab bichilsa yelkadan turadigan himar, agarda yaxlit bichilsa qo'l ustidan yopib turadigan himar bichish mumkin.
30 cm li joy tikilmaydi - bu bosh chiqishi uchun qoldirilgan joy. Bosh uchun qoldirilgan joyning tepa qismiga esa peshona qismi ulab tikiladi.
Namoz kiyimiga turli xil bezak matolar bilan ishlov berish ham mumkin. Quyida berilgan rasmlardagi kiyimlarga e'tibor bering, hamda tikishga mo'ljallayotgan kiyimingiz uchun yangi fikr va g'oyalar oling.
Namaznik bichish
Siz ham tikayotgan libosingizning yeng uchlariga mana shunday mato naqshlarining ranglariga tushadigan manjetlar bilan ishlov berishingiz mumkin.
Himar bichish

Berilgan andozaning faqatgina yashil qismi chizib bichilsa, mana shu rasmdagi kabi chiroyli yelka ustida tushib turadigan himar bichish mumkin.

Himar bichish
Agarda andozaning yashil va qizilga bo'yalgan qismi umumiy chizib bichilsa yuqorida ko'rsatilgani kabi qo'l ustidan yopib turadigan himar tikish mumkin.

9_1589115527.jpg

Bu yerda yelka uchlariga arqoncha bilan bilan ishlov berilgan himarni ko'rishingiz mumkin.

10_1589115641.jpg

Libos yanada original ko'rinish olishi uchun bir biriga tushadigan turli ranglardagi matolardan foydalanishni maslahat beraman.
Hayit bayramlarida yaqinlaringizga bu kabi liboslarni o'z qo'lingiz bilan tikib sovg'a qilsangiz ham bo'ladi.

11_1589115707.jpg

Yeng uchlari va himar etaklariga krujeva hamda gipyurlar bilan ishlov berish orqali umumiy ko'rinishni yanaqa boyitishingiz mumkin.