3 - Dars: Oshxona fartugini konstruksiyalash, bichish va tikish.

| 10 Mart 2020 19:00 | Zarina Jurayeva | Darslar

Bugun yosh bolalar va shu qatorda kattalar uchun oshxona fartugini bichib tikish texnologiyasini o'rganamiz. Bunaqa kiyim uchun o'lcham olish no standart bo'lsa ham juda oddiy. Kimga fartuk tikmoqchi bo'lsangiz. Shunchaki u insonning egnida shu kiyimni tasavvur qilasiz va o'lchamlarni olaverasiz. Yanada tushunarli bo'lishi uchun - suratlar bilan tushuntiraman.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

1- Tasavvurdagi fartuk shaklini chizamiz, yoki shunchaki tasavvur qilamiz,
2-Yuqori kenlik,
3- Old uzunlik,
4- Old kenglik,
5- Bo'yin qismi uzunligi

6- Fartuk uzunligi.

Quyida chizilgan andozada standart o'lchovlarda berilgan qismlari 4-7 yoshli bolalarga mos keladi.

Eslatma: Chizmani to'g'ridan to'g'ri matoga chizishingiz mumkin.

Ishning borish jarayonini kuzating, o'rganing.


Qiya beyka bilan bilan ishlash: Qiya beyka bilan ishlov bermoqchi bo'lsangiz, beykani bichayotganda mato to'liq qiya buklanishi kerak yarim qiya buklangan matodan, chiroyli qiya beyka tikib bo'lmaydi.

**Qiya beykani ulaganda qiyaligicha ulanadi.

Har bir chokka dazmol bilan ishlov berishni unutmasligimiz kerak.

Qiya beyka bilan fartuk chetlariga ishlov berish bosqichlari birma bir ko'rsatib o'tilgan. Fartukning 2 tomon belbog'i , 2 tomon qo'ltiq o'mizi, bo'yinga osilib turuvchi qismi - birdaniga beykani uzmasdan turib tikiladi.


7_1589112604.jpg

Bu rasmda qalpoqni tikish bosqichlari birma bir ko'rsatilgan.

Bolajonlar uchun tikkan fartugimizni ko'rib natijadan zavqlanamiz.



Fartuk yordamchi kiyim bo'lganligi uchun uni standart o'lchovlarda bichsa ham bo'ladi. Agarda sizni standart berilgan o'lchovlar qoniqtirmasa, ko'rsatilgani kabi o'lchov olib bichishingiz mumkin.

Fantaziyangizni ishga solgan holda men bergan andoza yordamida juda original fartuklarni tikishingiz mumkin. Ayol hamma vaqt o'zini qirolichadek his qilishi kerak!!! Hatto Oshxonada ham!