26 - Dars: Yaproq shaklidagi bolalar to'shamasini bichish va tikish bosqichlari.

| 14 Oktyabr 2020 23:55 | Zarina Jurayeva | Darslar

Kuz keldi! Barglar to'kilyapti... Ammo, biz bugun siz bilan sarg'aymaydigan, so'limaydigan, to'kilmaydigan va yuvib - yuvib foydalaniladigan yaproq bilan tanishamiz.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Bu yaproqni tikish uchun bizga :
1,5 metr mato;
70 - 80 cm metrli sintefon;


3_1602705636.jpg

Shakl va o'lchamlarni ixtiyoriy qilishingiz mumkin, bu yerda berilgan o'lchamlar qiyosiy berilgan.
Bichish tajribasi katta bo'lmaganlar shu o'lchamlarga asoslanib yaproq andozasini tayyorlashlari mumkin.

4_1602705734.jpg

Yaproq shaklida andoza tayyorlanadi.
Qaviq uchun tikiladigan chok chiziqlarini angozaning o'ziga chizb chiqiladi.

5_1602705793.jpg


1,5 cm chok haqqi berib 2 qavat mato bichiladi.

6_1602705828.jpg

Mana shu qalinlikdagi sintefondan yaxshi yaproq to'shama chiqarish mumkin.
Sintefon chok haqqisiz bichiladi.
Andozaga qaviq chiziqlarini tushurish uchun, chizgan chiziqlarimiz bo'ylab andoza kesib chiqiladi.

7_1602705884.jpg

Andozada chizilgan qaviq chiziqlarini matoga avayab orasta qilib tushuriladi. Bo'rdan ko'ra sovunda chizgan qulayroq.
2-qavati ustiga qo'yib tikib olinadi.

8_1602706123.jpg

O'girish oson bo'lishi uchun oval choklarga kertma qirqimlar beriladi. Yon tomonidan sintefon solish uchun joy qoldirib ketiladi va shu yerdan o'girib sintefon solinadi.

9_1602706250.jpg

Tushurib olgan chiziqlarimiz bo'ylab mashinkada qavib chiqamiz.

To'shama ko'rpacha shaklini fantaziyaga qarab turlicha qilish mumkin.

Natijalardan zavqlanamiz!!!

10_1602706419.jpg

11_1602706432.jpg

12_1602706447.jpg

Man bizning sarg'aymaydigan so'limaydigan yaproqchalarimiz. Umid qilamanki albatta tikib ko'rasiz!