
Reglan yenglar!
300 000 so'm
Bo'lim: Mukammal kurslar
To'plam: Qisqa va lo'nda kurslar!
Tavsif
iziq jihati shundaki reglan yeng bichimi ingliz qo'mondoni Fitsroy Jeyms Reglanning buyurtmasiga binoan yaratilgan. Qo'mondon urushda yo'qotgan qo'lining o'rnini bildirmaslik maqsadida uning uchun maxsus bichim o'ylab topishlarini istagan. Ammo bu bichim shu qadar ommalashib, keng yoyilib ketdiki, sport uslubidan tortib klassik uslublargacha kirib bordi. Xoh oqshom libosi bo'lsin, xoh oddiy trikotaj kofta reglan bichim orqali kombinatsiyalar qilib bichilganda libos uchun ortiqcha bezakka hojat qolmaydi!
Kurs o'z ichiga quyidagilarni oladi:
- Yevro osiyo ayollarining o'lcham standartlari jadvali bilan tanishish. Bu jadval yordamida bo'y balandligi, ko'krak, bel va bo'ksa aylanalarini bilib olsangiz mijozga mos libosni tika olasiz;
- Angliya metodlari bo'yicha murakkab asos chizmasini chizishni o'rganish;
- Oddiy reglan modellashtirish;
- Nolevoy reglan modellashtirish;
- Yarim reglan modellashtirish;
- Koketkali reglan modellashtirish;
- Fantaziya reglan modellashtirish.