11 - Dars: Yaxlit bichimli yengli kiyimlar bichishni o'rganish.
Bugungi darsimizda sodda asosdan yaxlit bichimli yeng chiqarib bichib tikish tartibini o'rganamiz. Bu bichimda asos sifatida 5-darsimizda o'tgan sodda asosdan foydalanamiz. Asos chizmasiga batafsil to'xtalib o'tirmayman. Chunki 5- darsda hammasi batafsil tushintirib o'tilgan.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Old yelkaning qirrasi A nuqta deb olinadi.
A÷B = 8 yoki 10 cm (xohishga qarab)
B÷C = 1 - 1, 5 cm
Asosning qo'ltiq o'mizi tugagan joyidan 3-4 cm tushurib D nuqta qo'yiladi. D nuqtadan 2 cmli perpendikulyar chiziq chiqariladiva F nuqta qo'yiladi. F nuqta C nuqta bilan tutashtiriladi.
Orqa yelkaning qirrasi I nuqta deb olinadi.
I÷G = 8 yoki 10 cm (xohishga qarab)
G÷H = 1 - 1, 5 cm
Asosning qo'ltiq o'mizi tugagan joyidan 3-4 cm tushurib K nuqta qo'yiladi. K nuqtadan 2 cmli perpendikulyar chiziq chiqariladiva L nuqta qo'yiladi. L nuqta H nuqta bilan tutashtiriladi.
Ushbu bichim orqali o'ziga xos va zamonaviy koftalar, tunikalar, ko'ylaklar, xalatlarni bichib tikishingiz mumkin.