19 - Dars: Sodda shim asosini bichishni o'rganish.

| 30 Iyul 2020 13:35 | Zarina Jurayeva | Darslar

Bugun juda ham ko'p so'ralgan andoza chizmasini sizlar bilan bo'lishmoqchiman, bu darsda sodda asosda shim bichishni va tikishni o'rganamiz. Bu shimni nafaqat bel qismini rezinkali qilib bichib tikish balki, vitachka chizib zamokli qilib tikishingingiz ham mumkin. Buning uchun yubka bichish darsida o'rgatilgani kabi bel hisobini chiqarishingiz kerak bo'ladi, hamda o'sha yerda o'rgatilgani kabi vitachkalar chizib chiqasiz. Bel hisobini chiqarish haqida batafsil ma'lumot olish uchun 14 - Darsni qarab chiqing.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!

8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.

Kerakli o'lchamlar:

Bo'ksa aylanasi - 92 cm
Shim uzunligi - 100 cm
Pocha kenglik - 18 cm
Libos hisobini chiqarish formulasi:
Bo'ksa aylanasi : 2 = O'lcham
Bundan tashqari bizga O'lchamning 1/2 ; 1/4 ; 1/6 ; 1/8 ; 1/10 ; 1/16 qiymatlari kerak bo'ladi.
Formula bo'yicha kiyim hisobini chiqarib olamiz.
Bo'ksa aylanasi 92 cm : 2 = O'lcham 46 cm
46cm : 2 = 23 cm o'lchamning 1/2 qiymati bu = 23 cm
46cm : 4 = 11,5 cm o'lchamning 1/4 qiymati bu = 11,5 cm
46cm : 6 = 7,6 cm o'lchamning 1/6 qiymati bu = 7,6 cm
46cm : 8 = 5,7 cm o'lchamning 1/8 qiymati bu = 5,7 cm
46cm : 10 = 4,6 cm o'lchamning 1/10 qiymati bu = 4,6 cm
46cm : 16 = 2,8 cm o'lchamning 1/16 qiymati bu = 2,8 cm

Andozani chizish bosqichlari:

Keng shim bichish

1÷2= Shim uzunligi
1 - nuqtadan o'ngga va chapga ixtiyoriy chiziq chiqariladi.
1÷3= O'lchamning 1/2 + 1/4 - 4cm
3 - nuqtadan o'ngga va chapga ixtiyoriy chiziq chiqariladi.
3÷4= O'lchamning 1/2
4÷5= 1-nuqtadan chiqqan chiziq bilan 90° li burchak hosil qilinadi.
4÷6= O'lchamning 1/6
2÷7= O'lchamning 1/16
3÷7= Nuqtalar tutashtiriladi
7÷8= Pocha kengligi
6÷8= Nuqtalar tutashtiriladi
3÷9= O'lchamning 1/2 + 4cm
9÷10= 1-nuqtadan chiqqan chiziq bilan 90° li burchak hosil qilinadi.
10÷11= O'lchamning 1/16
9÷13= O'lchamning 1/4 - 2cm
5÷14= O'lchamning 1/16
2÷15= O'lchamning 1/16 + 2cm
15÷16= Pocha kenglik
16÷13= Nuqtalar tutashtiriladi

Andoza chizmasidan foydalanib bichib tikishingiz mumkin bo'lgan shim fasonlari bilan tanishing!

Yubka bryuk bichish


Yubka shim bichish


Shim bichish tikish