7 - Dars: Sodda asosdan foydalanib zapaxli ko'ylak va zapaxli xalat bichishni o'rganish.

| 16 Aprel 2020 19:00 | Zarina Jurayeva | Darslar


Bugun sizga sodda asosdagi ayollar ko'ylagi bichimidan foydalanib zapaxli xalat va zapaxli ko'ylak bichishni o'rgatmoqchiman. Lekin bundan avval libos uchun mato tanlaganda, bichishdan avva nimalarga ahamiyat berish kerakligini o'rganamiz. Tanlangan fason uchun mato tanlaganda - fason matoga to'g'ri kelish kelmasligiga yaxshilab e'tibor berish lozim. Masalan, yozgi kiyim uchun junli mato tanlanmagani kabi, har bir fasonning ham aynan o'sha bichimga to'g'ri keladigan gazlamalari bo'ladi. Zapaxli kiyimni aynan nima maqsadda tikayotganingiz qarab mato tanlash mumkin. Yozgi zapaxli ko'ylak uchun - shifon, paplin, harir, ipak matolar to'g'ri keladi.

Qishgi zapaxli xalat uchun - velyur, tafta, cho'ziluvchan yupqaroq junli, paxtali tolalardan to'qilgan matolar ko'proq mos keladi.

Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Libosni bichayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
Avvalo matoga e'tibor qaratamiz - Libosni matoning 3 xil yo'nalishi bo'yicha bichish mumkin. Bular:
Asosiy ip yo'li - ya'ni, matoning bo'yi,
Arqoq ip yo'li - ya'ni matoning eni,
Qiya ip yo'li - matoni qiya buklamasi.
Agarda matoda maxsus gullar yoki naqshlar bo'lmasa hamda fasonning o'ziga yarasha talablari bo'lmasa, matoda bichishning eng ma'qul yo'li asosiy ip yo'li bo'ylab bichishdir.

Zapaxli fasonlar

Bugungi o'rganadigan chizmamizda asosni o'zini chizishga uzoq to'xtalib o'tirmayman, chunki asosni chizishni 5- darsda batafsil o'rgatgan edim. Bugun faqat bugungi o'rganadigan fasonlarimiz uchun asosga yana qanday o'zgarishlar kiritilishini o'rganamiz. Bugun ham bir varakayiga 2 xil bichimni o'rganib olishingiz mumkin.
1- Bichim bu yaxlit bichimli zapaxli xalat bo'lsa,

2- Bichim bel qismi kesilib etagi quyoshcha shaklida bichilgan zapaxli ko'ylakni o'rganamiz.

Chizmani matoga to'g'ridan to'g'ri chizib bichishingiz mumkin.

A nuqtadan B nuqtagacha masofa bu zapaxning qanchalik ustma ust o'tishi hisobi, bu xohishga qarab belgilanadi. Bu masofa maksimum 15cm dan oshmagani ma'qul. Standart tikiladigan xalatlarda bu masofa 10-12 cm qilib belgilanadi. Agarda chizma yaxlit bichilsa 1-bichimga mos keladigan libosni bichish mumkin. Etak bu bichimda trapetsiya shaklida berilgan. Xohishga qarab to'g'ri etakli, oval shakl berilgan etakli, qo'sh etakli ham qilib bichsa bo'ladi. Agarda 2-bichimdagi libosni bichmoqchi bo'lsangiz A-B-C-D-F chiziqlar bo'ylab kesib quyida berilgan etak qismini bichasiz.Zapax xalat bichish

Shuningdek yeng bichish tartibiga ham batafsil to'xtalib o'tishning hojati yo'q, chunki yeng chizmasi ham 5- darsda to'la o'rgatilgan.

Chizma haqida tushuncha.
A nuqtadan B nuqtagacha masofa bu zapaxning qanchalik ustma ust o'tishi hisobi, bu xohishga qarab belgilanadi. Bu masofa maksimum 15cm dan oshmagani ma'qul. Standart tikiladigan xalatlarda bu masofa 10-12 cm qilib belgilanadi. Agarda chizma yaxlit bichilsa 1-bichimga mos keladigan libosni bichish mumkin. Etak bu bichimda trapetsiya shaklida berilgan. Xohishga qarab to'g'ri etakli, oval shakl berilgan etakli, qo'sh etakli ham qilib bichsa bo'ladi. Agarda 2-bichimdagi libosni bichmoqchi bo'lsangiz A-B-C-D-F chiziqlar bo'ylab kesib quyida berilgan etak qismini bichasiz.

2- bichimdagi quyoshcha etakni bichish tartibi.

Klyosh etak bichish

Bu yerda belgilangan A-B-C-D-F nuqtalar tikayotganda koketkadagi xuddi shu nuqtalar bilan tutashtirib tikilishi kerak.

Zapaxli xalat uchun shalka yoqa bichish tartibi.

Shalka yoqa bichish

A nuqtadan K nuqtagacha to'g'ri chiziq tortiladi, shu to'g'ri chiziqdan tepaga yana 8cm chiqarib yuqori nuqta belgilanadi.
Shu yuqori nuqtadan 90°li perpendikulyan chiziqcha chiqariladi - 1,5cm o'lchab L nuqta belgilanadi.

K nuqtadan L nuqtagacha bo'lgan chiziqqa 90° li burachak hosil qilib, yoqa tepasini chizib olamiz. Yoqa kengligi 8- 10 cm qilib olindi, siz xohishingizga qarab yoqani kengaytirishingiz mumkin.

A-K-L-M nuqtalar yoqa konturlari. Bu yoqani yaxlit yoki kesib olib bichish mumkin.

Bugungi o'rgangan bichimimiz orqali nimalar bichishimiz mumkinligiga qarab chiqamiz.

Shalka yoqa bichish


harirdan ko'ylak bichish

harir fasonlar

villur xalatlar

Zapax fasonlar

Zapax ko'ylaklar

yozgi ko'ylaklar

yozgi kiyimlar

Tafta xalat