8 - Dars: Bolajonlar uchun yozgi shortikcha va yozgi kombinezon bichishni o'rganish.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
Kerakli o'lchamlar:
Bo'ksa aylanasi - 64 cm
Kiyim uzunligi - 26 cm
Misol tariqasida 5 yoshli bolakayning o'lchamlarini olyapman, bizning holatda bo'ksa aylanasi 64 cm. Quyida berilgan formula yordamida, o'z o'lchamingizdagi bo'ksa hisobini chiqarib olishingiz mumkin.
Formula: Bo'ksa aylanasi : 2 = O'lcham
Bundan tashqari bizga O'lchamning 1/2 ; 1/4 : 1/8 ; 1/16 qiymatlari kerak bo'ladi.
Formula bo'yicha kiyim hisobini chiqarib olamiz.
Bo'ksa aylanasi 64 cm : 2 = O'lcham 32 cm
32cm : 2 = 16 cm o'lchamning 1/2 qiymati bu = 16 cm
32cm : 4 = 8 cm o'lchamning 1/4 qiymati bu = 8 cm
32cm : 8 = 4 cm o'lchamning 1/8 qiymati bu = 4 cm
32cm : 16 = 2 cm o'lchamning 1/16 qiymati bu = 2 cm
Hisobni chiqarib ham oldik, endi andozani chizsak ham bo'ladi.
Hurmatli chevar qizlar, chizma chizishga har galgidan boshqacharoq yondoshamiz, 5- darsda o'rgatilgan, chizma chizishda ishlatiladigan shartli belgilar yodingizda deb umid qilaman.
Eslatma:
Bugungi andozamiz chok haqqisiz chizilyapti. Bichayotganda chok haqqi berishni unutmang!!!
A÷B= Kiyim uzunligi;
A÷C= O'lchamning 1/2+O'lchamning 1/16
C÷D= O'lchamning 1/2+2cm
C÷E= O'lchamning1/2
D÷F= O'lchamning 1/4-2cm
E÷G= O'lchamning 1/8
A nuqtadan o'ngga va chapga ixtiyoriy gorizontal chiziq chiziladi, E va D nutalardan yuqoriga vertikal chiziq chizib A nuqtadan kelgan chiziqqa tutashtiriladi.
Old qismida hosil bo'lgan burchakdan pastga 1-1,5 cm tushib H nuqtani belgilaymiz
Orqa qismida hosil bo'lgan burchakdan 2-2,5 cm yuqoriga I nuqtani belgilaymiz. A,H,G,B,F,I nuqtalar andoza ckekkalaridir.
Shu andozaga asoslanib kombinezon bichish:
Old qismining tepa qismini A va B nuqtalarga bo'lib berganimning sababi, 2 xil old bo'lak tasvirlangan. F va I nuqtalar qiyaligi yo'nalishida qiya chiziq chizilib shu bo'yicha o'lchamlar belgilanadi. Kombenizon yuqori qismini o'lchovlari xuddi 3-darsda o'rgatilgan fartuk chizmasini chizishda olingan o'lchovlar kabi olinadi.
Bolajonlarimiz uchun yozgi shortikchalarni o'z qo'llarimiz bilan tikamiz!
Telegramdagi kanal va guruhimizga a'zo bo'ling hamda savol javob muhokamalarda faol ishtirok eting.