Sodda asosdan foydalanib o'zbekona liboslar bichishni o'rganamiz. Zamonaviy bichimlar ayollarni har qancha o'ziga jalb qilmasin, o'zimizning o'zbekona liboslarning o'rni baribir o'zgachaligicha qoladi. Zamon osha o'zbekona liboslar ham zamonga moslashib, o'z zamonaviy qiyofasini yaratdi desak adashmaymiz. Bugungi darsda bir nechta o'zbekcha ko'ylaklar bichilishini o'rganamiz. Har doimgidek b o'zbekona liboslarni han sodda asosga asoslanib bichamiz. Libos chiroyli chiqishi uchun avvalo o'lchamlar to'g'ri olingan bo'lishi kerak, o'lcham olish qoidalari 1 - darsda batafsil o'rgatilgan, sodda asosning o'zini esa 5 - dars orqali o'rganishingiz mumkin.
Loyihamiz rivojiga hissa qo'shing, arzimas 5 yoki 10 ming so'm va juda ko'p foydali darslar olishimizga va millionlab insonlarning hunar o'rganishiga sabab bo'la oladi!
8600 3129 8307 8979 - Zarina Aminova.
ODDIY KOKETKALI KO'YLAKNI BICHISH.

A÷B = Old koketka uzunligi + 2 cm [ch.h.]
C÷D = O'lchamga qarab belgilanadi, ixcham qomatlarga bu masofa 8 - 10 cm bo'lsa, Durkun qomatlarda 12 cm gacha bo'lishi mumkin.
X masofa bu koketka qopi o'yilishi uchun kerak bo'ladigan o'lcham hisoblanadi, ko'pchilik o'zbekcha ko'ylaklarda ko'ylak qopini barcha o'lcham uchun bir xil o'yadi, bu noto'g'ri. Har bir qomat uchun X masofa aniqlanib qop chuqurligi chiqariladi.
X masofani aniqlash uchun D nuqtadan tog'ri gorizontal chiziq o'tkazilib B nuqtagacha bo'lgan oraliq aniqlanadi.
Qopning o'yish chuqurligi X masofaning yarmiga teng.
Burma uchun asosga qo'shimcha ravishda 25 - 30 cm qo'shiladi.
UCHBURCHAK KOKETKALI KO'YLAKNI BICHISH.

Koketka shakli uchburchak bo'lganligi uchun qopni o'yganda han tekis qiya chiziq bilan o'yiladi.
SHAKLDOR KOKETKALI KO'YLAK BICHISHNI O'RGANISH.

Shakldor koketka kengligi 5 -6 cm. Shakldor koketkada X masofani aniqlash uchun qiyalik boshlangan yuqori nuqtadan va koketka tugagan eng chuqur nuqtadan gorizontal chiziqlar tortiladi, hamda shu chiziqlar oralig'i o'lchanadi.
IKKI YOQALI BURMASIZ KOKETKALI KO'YLAK BICHISHNI O'RGANISH.

A÷B = 7 cm
A÷C = 7 cm
C÷D = 2 cm taqilma hisobi, taqilma koketka pastigacha bir tekisda chizib tushiladi, koketkaning pastki chizig'i bilan burchak hosil qiladi. Shu nuqta E nuqta qilib belgilanadi.
D÷F = 2.5 - 3 cm, bu pastgi yoqa qirrasi.
E÷G = 4-5 cm
F÷G = tutashtiriladi
G÷B = tutashtirilib shu yo'nalish bo'yicha yuqoriga 8 cm chiqariladi. Bu latskan chizig'i deyiladi.
Yuqoridagi nuqta H nuqta bo'ladi.
C nuqta latskan chizig'iga yoqa shaklini bergan holda tutashtiriladi.
H÷I = 1 cm
I÷B = turashtiriladi va shu chizqdan 90° li burchak chiqariladi.
I÷J = 7 - 8 cm
F÷K = 2 - 2.5 cm
J÷K = tutashtiriladi.
K÷C = tutashtiriladi.
L÷M = O'lchamga qarab belgilanadi, ixcham qomatlarga bu masofa 8 - 10 cm bo'lsa, Durkun qomatlarda 12 cm gacha bo'lishi mumkin.
J, I, C, K nuqtalar yuqori yoqa chekkalari;
F, D, C, B, L, M nuqtalar pastki yoqa va koketka chekkalari.

ORT KOKETKA BICHISHNI O'RGANISH
Ort koketka barcha koketkali ko'ylaklarda bir xil bichiladi. Ort koketka uzunligini xohishga qarab olinadi, ammo asosan ko'p liboslarda bu uzunlik 18 - 20 cmga teng bo'ladi.